Sport

Norwegian Air garovda yutqazib, logotipini almashtirdi

Do‘stona garov 8-iyul kuni Norwegian Air tomonidan taklif qilingan edi
Norwegian Air garovda yutqazib, logotipini almashtirdi
Foto: NDTV

Norwegian Air aviakompaniyasi futbol bo‘yicha jahon chempionati doirasidagi garovda yutqazgach, Instagram’dagi profil logotipini vaqtincha British Airways emblemasiga almashtirdi. Bunga Angliya terma jamoasining chorak finalda Norvegiyani 2:1 hisobida mag‘lub etgani sabab bo‘ldi.

Do‘stona garov 8-iyul kuni Norwegian Air tomonidan taklif qilingan edi. Shartga ko‘ra, mag‘lub bo‘lgan terma jamoa mamlakatini ifodalovchi aviakompaniya Instagram’dagi profil suratini bir kunga g‘olib tomon aviakompaniyasining logotipiga almashtirishi kerak edi.

Garov ijtimoiy tarmoqlarda tezda ommalashib, boshqa aviakompaniyalar va millionlab foydalanuvchilarning e’tiborini tortdi. Angliya Norvegiyani Mayamida o‘tkazilgan uchrashuvda 2:1 hisobida yenggach, Norwegian Air kelishuv shartini bajardi va profiliga British Airways logotipini joylashtirdi.

Aviakompaniya e’lon qilgan tasvirda British Airways emblemasi bilan birga «Futbol uyiga qaytmoqda» hamda «Yaxshi o‘yin, Angliya va British Airways» degan yozuvlar berildi.

Kompaniya bayonotida Norvegiya uchun turnir yakunlangan bo‘lsa-da, ushbu do‘stona garov uzoq vaqt esda qolishi ta’kidlandi. Kompaniya Angliya terma jamoasi va British Airways’ga yarim finalda omad tilab, kubokni qo‘lga kiritishlariga umid bildirdi.

Ma’lumot uchun, aviakompaniya logotipini 24 soatdan so‘ng o‘z holiga o‘zgartirgan.

Avvalroq «Kursiv» Angliya terma jamoasi Norvegiya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgani haqida yozgan edi.