Yangiliklar

Jazirama sabab yerusti metro poyezdlari tezligi pasaytiriladi

60 km/soatdan 40 km/soatgacha
Yangi yil munosabati bilan Toshkent metrosi ish vaqti uzaytirildi
Jazirama sabab yerusti metro poyezdlari tezligi pasaytiriladi / Foto: Transport vazirligi

Anomal issiq havo sabab Toshkent metropolitenining yerusti yo‘nalishlarida poyezdlar harakatiga vaqtinchalik cheklov joriy etiladi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Cheklov qachon kuchga kiradi

Ma’lum qilinishicha, metro poyezdlari harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida yerusti yo‘nalishidagi temir yo‘l relslarining harorati belgilangan me’yoriy ko‘rsatkich — 55 °C dan yuqori darajada qizib ketayotgani inobatga olingan.

Shu munosabat bilan 2026-yil 15-iyuldan boshlab amaldagi yo‘riqnomaga muvofiq mazkur yo‘nalishda poyezdlar harakat tezligi har kuni soat 18:00 ga qadar 60 km/soatdan 40 km/soatgacha vaqtincha cheklanadi.

Poyezdlarni kutib qolishingiz mumkin

Qayd etilishicha, vaqtinchalik cheklov poyezdlar harakat intervaliga ham qisman ta’sir ko‘rsatadi. Natijada yerusti yo‘nalishlarida metro poyezdlarining kelish vaqti 14 daqiqagacha uzayishi kutilmoqda.

Mazkur tartib faqat yerusti yo‘nalishlarida harakatlanuvchi metro poyezdlariga nisbatan qo‘llaniladi. Yerosti metro yo‘nalishlari esa odatdagi tartibda faoliyatini davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq anomal issiq sabab Surxondaryoda yuk mashinalari harakati cheklanishi haqida xabar qilgan edi.