
Samsung kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan Samsung Galaxy S26 Ultra smartfoni Buyuk Britaniyada 200 dollarga arzonladi. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.
Samsung‘ning Buyuk Britaniyadagi rasmiy do‘konida Galaxy S26 Ultra’ning 256 GB xotirali versiyasi $1,5 minggacha tushadi. 512 GB versiya $1,7 ming, 1 TB xotirali model esa $2 ming narxda sotilmoqda.
256 va 512 GB versiyalar 12 GB tezkor xotira bilan jihozlangan. Eng yuqori 1 TB konfiguratsiya esa 16 GB tezkor xotiraga ega. Smartfon Buyuk Britaniyada Cobalt Violet, Sky Blue, Black va White ranglarida, shuningdek, kompaniyaning o‘ziga xos Silver Shadow hamda Pink Gold ranglarida taklif etilmoqda.
Model haqida

Galaxy S26 Ultra 6,9 dyuymli QHD+ Dynamic AMOLED 2X displey bilan jihozlangan. Ekran 1 dan 120 Hz gacha moslashuvchan yangilanish chastotasi va 2600 nitgacha yorqinlikni qo‘llab-quvvatlaydi.
Yangi Privacy Display funksiyasi esa yon tomondan qaralganda ekrandagi ma’lumotlarni xiralashtirib, foydalanuvchi maxfiyligini himoya qiladi. Smartfon Galaxy uchun moslashtirilgan 3 nanometrli Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessorida ishlaydi. 256 va 512 GB versiyalar 12 GB, 1 TB model esa 16 GB tezkor xotiraga ega.
Kamera va batareya
Asosiy kamera tizimiga 200 MP keng burchakli, 50 MP ultra keng burchakli, besh karra optik zumga ega 50 MP telefoto va uch karra optik zumli 10 MP telefoto sensor kiradi. Kamera 100 karra raqamli zum, soniyasiga 30 kadr tezlikdagi 8K va 120 kadrli 4K videoyozuvni qo‘llaydi. Old kamera 12 MP. Kengaytirilgan Nightography texnologiyasi kam yorug‘likda surat va videolardagi shovqinni kamaytiradi.
5000 mA/soatli akkumulyator 60 vattli simli quvvatlash orqali taxminan 30 daqiqada 75 foizgacha to‘ladi. Shuningdek, 25 vattli simsiz quvvatlash va Wireless PowerShare mavjud. Galaxy S26 Ultra Wi-Fi 7, Bluetooth 6.0, 5G, IP68 himoyasi, ichki S Pen, takomillashtirilgan sovitish tizimi hamda One UI 8.5 interfeysini taklif etadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy A57 uchun chegirma e’lon qilingani haqida yozgan edi.