
2026-yilning dastlabki olti oyida O‘zbekistonga kelgan xorijiy turistlar soni 6 565 410 nafarga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 mln nafarga yoki 24,9 foizga ko‘p.
Eng ko‘p turistlar qaysi davlatlardan
Hisobot davrida O‘zbekistonga eng ko‘p turist Qirg‘iz Respublikasidan tashrif buyurgan. Ushbu davlatdan 1 875 332 nafar sayyoh kelgan. Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston 1 553 688 nafar va Tojikiston 1 471 670 nafar turist bilan qayd etilgan.
Shuningdek, Rossiyadan 585 558 nafar, Afg‘onistondan 238 925 nafar, Xitoydan 223 479 nafar hamda Turkmanistondan 164 211 nafar turist O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Turkiyadan 95 466 nafar, Hindistondan 26 450 nafar va Germaniyadan 22 294 nafar fuqaro turistik maqsadlarda O‘zbekistonga kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq MICE turizmi tadbirlarini o‘tkazgan tadbirkorlarga QQSning 50 foizi qaytarilishi haqida yozgan edik.