Sport

Abbosbek Fayzullayevning raqsi muxlislar tomonidan qanday qabul qilindi

Abbosbek Fayzullayevning raqsi
Manba: You Tube

O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayevning raqsi aks etgan video muxlislar tomonidan iliq kutib olindi. Rolik ostida o‘nlab foydalanuvchilar futbolchini tabriklab, unga oilaviy baxt tiladi.

Izohlarda muxlislarning aksariyati Fayzullayevning samimiy kayfiyati va raqsini yuqori baholagan. Ayrimlar uning harakatlariga «10 dan 10» ball bergan bo‘lsa, boshqalar tanlangan musiqa ham futbolchiga mos tushganini ta’kidlagan. Hazil aralash fikrlarda esa Fayzullayev nafaqat futbol maydonida, balki raqsda ham o‘zini yaxshi ko‘rsatgani qayd etilgan.

Foto: Ekran tasviri

«Eng muhimi, ko‘zlari baxtdan kulyapti», – deya yozilgan video ostidagi izohlardan birida.

Foydalanuvchilar «Doim yuzida kulgi bo‘lsin», «Baxtli bo‘ling», «Uyashini juda chiroyli» va «Ilovim baxtli bo‘lishsin» kabi fikrlarni qoldirgan. Ayrim muxlislar futbolchining raqsi hamda kayfiyatini kulgili emojilar va yurakchalar bilan qo‘llab-quvvatlagan.

Foto: Ekran tasviri
#Abbosbek Fayzullayev #reels #rek #football #khusanov Abbosbek Fayzullayev toʻyi #uzbekistan

Ma’lumot o‘rnida, ushbu video You Tube platformasidagi tarqatuvchi tomonidan qayta ishlangan bo‘lib, asl manbadan farq qilishi mumkin. Asl tasvirlar Instagramdagi @jahalife akkounti tomonidan hikoya sifatida joylangan va hozirda mavjud emas.

Futbolchining to‘yi qanday o‘tdi

Foto: Ekran tasviri

Asosiy nikoh tantanasi 10-iyul kuni Toshkentdagi «Versal» to‘yxonasida bo‘lib o‘tdi. Fayzullayev Namangan viloyatining Chust tumanidan bo‘lgan Nisobonu bilan oila qurdi. Juftlikning unashtiruv marosimi 24-may kuni o‘tkazilgan edi.

To‘yda milliy urf-odatlar, kuyovnavkar, tabriklar va musiqiy chiqishlar uyg‘unlashdi. Marosimda futbol, sport va san’at olamining taniqli vakillari, shuningdek, Fayzullayevning O‘zbekiston terma jamoasidagi ayrim safdoshlari qatnashdi. Tarqalgan videolardan birida kuyov Abduqodir Husanovga o‘z qo‘li bilan osh yedirgani aks etib, bu lavha muxlislar orasida iliq kutib olindi.

Avvalroq Abbosbek Fayzullayev to‘yda qaylig‘ini qanday o‘pgani haqida yozgan edi.