
Jahon chempionatining yarim final bosqichida Ispaniya va Fransiya terma jamoalari o‘rtasidagi markaziy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘yinda «qizil furiya» raqibini 2:0 hisobida mag‘lub etib, final yo‘llanmasini ishonchli tarzda qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvning 22-daqiqasida ispanlarning iqtidorli qanot o‘yinchisi Lamin Yamal raqib jarima maydoniga yorib kirdi. Fransuzlar himoyachisi Lyuka Din esa uni tepib yiqitishga majbur bo‘ldi. Bosh hakam tomonidan belgilangan o‘n bir metrlik jarima zarbasini Mikel Oyarsabal aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘limda ham ustunlik Ispaniya terma jamoasi tomonida bo‘ldi. 58-daqiqada Pedro Porro jamoadoshi Dani Olmo bilan «devor» uslubida ajoyib kombinatsiya uyushtirdi. Natijada u raqib darvozaboni bilan birga-bir holatga chiqib bordi va aniq zarbasi orqali hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, uchrashuvning Lamin Yamalning o‘zi ham darvozabon bilan yakkama-yakka holatga chiqib borib, Fransiya darvozasini ishg‘ol qildi. Biroq, bosh hakam o‘yindan tashqari holat qayd etilganligi sababli bu golni bekor qildi.

Ma’lumot uchun, Ispaniya endi finalda Angliya va Norvegiya juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.
Avvalroq Kursiv nashri Bellingemning dubli Angliyani yarim finalga olib chiqqani haqida xabar bergan edi.