
14-iyul kuni soat 23:37:40 da Qirg‘iz Respublikasining O‘sh hududida 3,6 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, yer silkinishining o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Epitsentr Toshkentdan 266 kilometr uzoqlikda
Zilzilaning epitsentri 40,36° shimoliy kenglik va 72,14° sharqiy uzunlik koordinatalarida qayd etilgan. U Toshkent shahridan 266 kilometr janubi-sharq tomonda joylashgan.
O‘zbekistonda ham sezildi
Yer silkinishi O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatida zilzila 2 ball kuch bilan sezilgan. Epitsentr Farg‘ona viloyatidan 31 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Hozircha zilzila oqibatida jabrlanganlar, vayronagarchiliklar yoki infratuzilmaga zarar yetgani haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 4 333 nafarga yetgani haqida yozgandi.