
Sobiq futbolchi Devid Bekhem va Prenetics Global tomonidan tashkil etilgan IM8 startapi General Catalyst venchur kompaniyasidan $1 mlrd miqdorida sarmoya jalb qildi. Oninvest xabariga ko‘ra, mablag‘ning asosiy qismi kompaniyaning marketing xarajatlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Marketing xarajatlarining 70 foizi qoplanadi
General Catalyst tarkibidagi Customer Value Fund jamg‘armasi IM8’ning marketing xarajatlarining 70 foizigacha bo‘lgan qismini moliyalashtiradi.
Kelishuvga ko‘ra, investor kompaniya daromadining ma’lum bir ulushini oladi. Biroq bu ulush oldindan belgilangan chegaradan oshmaydi.
IM8 sog‘liq uchun qo‘shimchalar sotadi
IM8 2024-yilda Prenetics Global va Devid Bekhem tomonidan tashkil etilgan.
Startap kundalik sog‘lom turmush odatlarini yaxshilashga qaratilgan oziq-ovqat qo‘shimchalarini ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanadi.
Daromad $300 mlnga yetishi kutilmoqda
Kompaniya hisob-kitoblariga ko‘ra, IM8’ning yillik tushumi 2026-yil oxiriga borib $300 mlnga yetishi mumkin.
IM8 bilan hamkorlik qilayotgan sportchilar orasida tennischi Arina Sobolenko va Buyuk britaniyalik Formula-1 poygachisi Olli Berman bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nvidia qo‘llab-quvvatlagan startap SpaceX superkompyuteridan foydalanish uchun $6 mlrd to‘lashi ma’lum qilingandi. Shartnoma doirasida startap SpaceX superkompyuterining hisoblash quvvatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.