Yangiliklar

Tojikiston import qilgan yonilg‘ining 2,2 foizi O‘zbekistondan

Ulushning 72,3 foizi Rossiyaga to‘g‘ri keladi
Rossiyaning yonilg‘i eksporti 2022-yildan beri eng past darajaga tushdi
Tojikiston import qilgan yonilg‘ining 2,2 foizi O‘zbekistondan / Foto: Bloomberg

2026-yilning yanvar – iyun oylarida Tojikistonga yetkazib berilgan yonilg‘i mahsulotlarining 2,2 foizi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri kelgan. Bu haqda Asia plus nashri ma’lum qildi.

Rossiya va Qozog‘iston yetakchi

Tojikiston Energetika va suv resurslari vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar – iyun oylarida mamlakatga jami 927,5 ming tonna yonilg‘i mahsulotlari import qilingan va ishlab chiqarilgan.

Shundan 72,3 foizi Rossiya, 20,3 foizi Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri kelgan. O‘zbekistonning ulushi esa 2,2 foizni tashkil etgan.

Manba: Tojikiston Energetika va suv resurslari vazirligi

O‘zbekiston tabiiy gaz yetkazib berdi

Hisobotda qayd etilishicha, yilning dastlabki olti oyida O‘zbekistondan Tojikistonga 123,7 million kub metr tabiiy gaz yetkazib berilgan.

Shuningdek, yoqilg‘i mahsulotlari tarkibida eng katta ulushni dizel yonilg‘isi, avtomobil benzini va suyultirilgan gaz egallagan. Tojikistonning o‘z neftni qayta ishlash zavodlari hissasi esa umumiy hajmning atigi 0,5 foizini tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston benzin va dizel eksportini muddatsiz taqiqlagani haqida yozgan edik.