Yangiliklar

Cobalt yonib ketdi: Gulistonda «moyka»da yong‘in chiqdi — video

Cobalt to‘liq yonib ketgan
Gulistonda Cobalt bilan birga «moyka» ham yonib ketdi
Foto: Sirdaryo FVB

Sirdaryo viloyati markazi Guliston shahrida avtomashina yuvish shoxobchasi va undagi Cobalt avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Sirdaryo viloyati FVB ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in 15-iyul kuni soat 18:31 da Guliston shahridagi «Obod yurt» MFYda joylashgan avtomashina yuvish shoxobchasida yuz bergan.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 19:02 da to‘liq o‘chirilgan.

Cobalt to‘liq yonib ketgan

Yong‘in oqibatida avtomashina yuvish shoxobchasining taxminan 80 kvadrat metr maydonida tom va shift qismi yonib zararlangan.

Shuningdek, shoxobchada bo‘lgan Cobalt avtomobili to‘liq yonib ketgan.

Jabrlanganlar yo‘q

FVB xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida kuygan yoki tan jarohati olganlar yo‘q.

Yong‘indan avtomashina yuvish shoxobchasining taxminan 220 kvadrat metr maydoni hamda ovqatlanish kafesining 80 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi «O‘zbekiston» mehmonxonasida yong‘in chiqqandi. Yong‘in oqibatida mehmonxonaning 10-qavatidagi ishchi-xizmatchilar xonasi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar qayd etilmagan.