Sport

Husanov Belarusga bordi. Bunga nima sabab

Foto: ABFF

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Angliyaning «Manchester Siti» klubi himoyachisi Abduqodir Husanov 15-iyul kuni Belarussiya futbol federatsiyasi (ABFF) binosiga tashrif buyurdi.

Foto: ABFF

Belarussiya futbol federatsiyasi bosh kotibi Vladimir Vertelko hamda raisning birinchi o‘rinbosari Andrey Vasilevich bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv juda iliq ruhda o‘tdi. Tashrif doirasida o‘zbekistonlik futbolchiga hurmat ramzi sifatida Belarussiya milliy terma jamoasi libosi va maxsus esdalik sovg‘alari topshirildi.

Foto: ABFF

O‘z navbatida, Angliya Premyer-ligasi vitse-chempioni bo‘lgan Husanov ABFF muzeyida saqlanishi uchun o‘z dastxatini yozib qoldirdi. Belarus futboli Abduqodir Husanovning professional karyerasida o‘ta muhim rol o‘ynagan.

Foto: ABFF

Minskning «Energetik-BGU» klubidagi ishonchli va ajoyib o‘yinlari orqali Husanov o‘zining ilk yirik transferini amalga oshirib, Fransiyaning «Lans» jamoasiga ko‘chib o‘tgan edi.

Avvalroq Kursiv nashri Abduqodir Husanov ilk nikoh kechasidan nega voz kechganligi haqida xabar bergan edi.