
Jahon Chempionati futbolchilar uchun nafaqat o‘zini ko‘rsatish, balki yangi transferlar va millionlab insonlar diqqatida bo‘lishga imkon beradi. Kursiv Uzbekistan nashri o‘zbek futbolchilarining Instagram’dagi obunachilari soni va ularning ijtimoiy tamoqlardagi faolligini bitta materialga jamladi.
Husanov boshlab beradi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari orasida Instagram’dagi eng katta auditoriya Abduqodir Husanovga tegishli. Ma’lumotlarga ko‘ra, himoyachining sahifasini 2,3 mln kishi kuzatadi. Bu ko‘rsatkich reytingning ikkinchi pog‘onasidagi futbolchinikidan qariyb ikki baravar ko‘p.

Ikkinchi o‘rinni 1,2 mln obunachi bilan Jaloliddin Masharipov egalladi. Kuchli uchlikni esa Instagram’da 1 mln kuzatuvchiga ega Oston O‘runov yakunlab berdi. Ulardan keyingi pog‘onada Abbosbek Fayzullayev joylashgan — yosh yarim himoyachining sahifasiga 981 ming foydalanuvchi obuna bo‘lgan. O‘runov va Fayzullayev o‘rtasidagi farq atigi 19 ming obunachini tashkil etadi.
Terma jamoa sardori Eldor Shomurodov 782 ming obunachi bilan reytingning beshinchi o‘rnini egalladi. Shu tariqa, Instagram’da eng mashhur besh nafar o‘zbekistonlik futbolchining jami obunachilari soni 6,2 mln dan oshadi. Bunda bir foydalanuvchi bir nechta futbolchiga bir vaqtning o‘zida obuna bo‘lishi mumkinligi ham hisobga olinishi kerak.
Keyingi beshlik

Oltinchi pog‘onada Rustam Ashurmatov turibdi. Himoyachining Instagram’dagi auditoriyasi 243 ming kishiga yetgan. Undan keyin 161 ming obunachiga ega Otabek Shukurov joylashgan. Igor Sergeyev 133 ming kuzatuvchi bilan sakkizinchi o‘rinni band etdi.
Reytingning to‘qqizinchi va o‘ninchi o‘rinlarida bir xil natija qayd etildi. Abduvohid Ne’matov hamda Aziz Amonovning Instagram sahifalarida 111 ming nafardan obunachi bor. Shu tariqa, kuchli o‘ntalikka kirgan futbolchilarning jamlangan auditoriyasi 7 mln kishidan oshmoqda.
Top-10 dan tashqarida qolganlar
| Futbolchi | Instagram obunachilari |
|---|---|
| Behruz Karimov | 97,4 ming |
| Aziz G‘aniyev | 80 ming |
| Sherzod Nasrullayev | 67,6 ming |
| Jahongir O‘rozov | 51,7 ming |
| Jamshid Iskanderov | 46 ming |
| Doston Hamdamov | 44,7 ming |
| O‘tkir Yusupov | 38,2 ming |
| Akmal Mozgovoy | 28 ming |
| Abdulla Abdullayev | 19,6 ming |
| Sherzod Esanov | 18 ming |
| Farrux Sayfiyev | 14,4 ming |
| Botirali Ergashev | 12,4 ming |
| Umar Eshmurodov | 11,5 ming |
| Avaz O‘lmasaliyev | 5,9 ming |
| Hojiakbar Alijonov | 4,2 ming |
Top-10 dan tashqarida qolgan futbolchilar orasida Behruz Karimov 97,4 ming, Aziz G‘aniyev 80 ming, Sherzod Nasrullayev 67,6 ming va Jahongir O‘rozov 51,7 ming obunachiga ega. Jamshid Iskanderovni 46 ming, Doston Hamdamovni 44,7 ming, O‘tkir Yusupovni esa 38,2 ming kishi kuzatadi.
Keyingi o‘rinlarda Akmal Mozgovoy — 28 ming, Abdulla Abdullayev — 19,6 ming, Sherzod Esanov — 18 ming, Farrux Sayfiyev — 14,4 ming, Botirali Ergashev — 12,4 ming va Umar Eshmurodov — 11,5 ming obunachi bilan joylashgan. Avaz O‘lmasaliyevning auditoriyasi 5,9 ming, Hojiakbar Alijonovniki esa 4,2 ming kishini tashkil etadi.
Avvalroq «Kursiv» Abbosbek Fayzullayev to‘yda qaylig‘ini qanday o‘pgani haqida yozgan edi.