Yangiliklar

iPhone evaziga ming dollar: Navoiyda tergovchi fosh etildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda
iPhone evaziga ming dollar: Navoiyda tergovchi fosh etildi
Foto: DXX

Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida ichki ishlar organlari tergovchisiga nisbatan ming dollar pora olish bilan bog‘liq jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qiziltepa tumani IIB Tergov guruhi katta tergovchisining noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilgani aytilmoqda.

Foto: DXX

Ma’lumotga ko‘ra, 1-iyul kuni ichki ishlar organlari 2003-yilda tug‘ilgan fuqaroning telefon xotirasida taqiqlangan diniy materiallar bo‘lishi mumkinligi sababli uning iPhone 17 Pro Max smartfonini olib qo‘ygan.

Tergovchi mazkur telefonni egasiga qaytarib berish evaziga ikki nafar vositachi orqali 1 ming dollar talab qilganlikda gumon qilinmoqda. Tezkor tadbir davomida pul vositachilarga berilgan vaqtda ularning noqonuniy harakatlari fosh etilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Apple SI chip ishlab chiqaruvchilarini sotib olmoqchiligi haqida yozgan edi.