Mashhurlar

Jahongir O‘rozov haqida 5 ta qiziqarli fakt

Kursiv Uzbekistan quyida futbolchiga oid qiziqarli faktlarni taqdim etadi
Jahongir O‘rozov «Borussiya»ga qanchalik yaqin — tafsilotlar
Foto: Instagram/ Jahongir O‘rozov

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Samarqandning «Dinamo» klubi himoyachisi Jahongir O‘rozov yana Yevropa klublari e’tiboriga tushmoqda. 22 yoshli futbolchi qisqa vaqt ichida «Bunyodkor» akademiyasidan Turkiya futboligacha, keyin esa milliy terma jamoa va Jahon chempionatigacha yo‘l bosib o‘tdi. Kursiv Uzbekistan quyida futbolchiga oid qiziqarli faktlarni taqdim etadi.

1. «Bunyodkor» akademiyasidan chiqqan

Foto: Instagram / Jahongir O‘rozov

Jahongir O‘rozov Toshkentning «Bunyodkor» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U professional faoliyatini ham aynan shu klubda boshlagan.

Himoyachi 2022-yilgi Superliga 1-turida Jizzaxning «So‘g‘diyona» klubiga qarshi o‘yinda «Bunyodkor» safida debyut qilgan.

2. Turkiya klubi uni 300 ming yevroga sotib olgan

«Dinamo» klubi O‘rozov narxini e’lon qildi
Foto: Instagram

2023-yil avgustida O‘rozov Turkiyaning «Eyupspor» klubi bilan besh yillik shartnoma imzolagan.

Turkiya klubi uni «Bunyodkor»dan 300 ming yevroga sotib olgan. O‘sha vaqtda «Eyupspor»ni mashhur sobiq futbolchi Arda Turan boshqarayotgan edi.

3. U JCh – 2026 da O‘zbekiston safida maydonga tushdi

O‘rozov 2026-yilgi jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida ikki o‘yinda qatnashdi.

U Kolumbiyaga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushgan, Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi hal qiluvchi uchrashuvni esa asosiy tarkibda boshlagan.

4. Yevropa klublari uni kuzatmoqda

Jahongir O‘rozovga Germaniyaning «Borussiya Myunxengladbax» klubi qiziqish bildirmoqda
Foto: Instagram

Himoyachiga Germaniya, Italiya, Turkiya va Niderlandiya klublaridan qiziqish borligi aytilmoqda.

Germaniyaning «Borussiya Myonxengladbax» klubi O‘rozovni markaziy himoyani kuchaytirish uchun nomzodlardan biri sifatida kuzatayotgani xabar qilingan.

5. «Dinamo» O‘rozov uchun $1 mln so‘ramoqda

Samarqandning «Dinamo» klubi futbolchining transferi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Klub O‘rozov uchun $1 mln talab qilmoqda. Himoyachining «Dinamo» bilan shartnomasi 2027-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahongir O‘rozov uchun talabgorlar ko‘paygani xabar qilingandi.