
2026-yil 14-iyul kuni o‘tkazilgan davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari natijalari e’lon qilindi. Abituriyentlar natijalarini uch xil usulda tekshirishi mumkin.
Natijani my.uzbmb.uz orqali olish mumkin
Abituriyentlar my.uzbmb.uz saytining «Natijani olish» bo‘limiga kirib, pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda natijalarini bilishi mumkin.
ID raqam orqali ham tekshiriladi
Natijalarni mandat.uzbmb.uz sayti orqali ham ko‘rish mumkin.
Buning uchun abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan ID raqamni kiritish talab etiladi.
Telegram botlar ham ishlaydi
Bilimni baholash agentligi natijalarni Telegram botlar orqali ham olish mumkinligini ma’lum qildi:
Buning uchun abituriyent o‘z qayd varaqasi yoki ruxsatnomasidagi ID raqamni agentlikning natija botlariga yuborishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident maktablariga tanlov asosida qabul qilingan har bir o‘quvchi uchun uning umumta’lim maktabidagi tegishli fan o‘qituvchisi bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantirilishi mumkinligi xabar qilingandi.
Har bir Prezident maktabiga qabul qilingan o‘quvchi uchun tegishli fan o‘qituvchisiga Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan bazaviy tarif stavkasining ikki baravari miqdorida bir martalik mukofot puli to‘lanishi mumkin.