
Toshkentdagi «Yer usti halqa» yo‘nalishining «Turon» metro bekatida tom konstruksiyasining bir qismi siljib tushdi. Bu haqda Toshkent metropoliteni xabar berdi.
Hodisa oqibatida ikki nafar yo‘lovchi yengil tan jarohati oldi. 16-iyul kuni soat 14:34 da Toshkent metropolitenining «Yer usti halqa» yo‘nalishidagi «Turon» metro bekatida tom konstruksiyasining bir qismi siljib tushdi.
Qayd etilishicha, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida mazkur bekatda metro poyezdlari harakati zudlik bilan vaqtincha to‘xtatilgan. Hozirda mutaxassislar hodisa sabablarini aniqlash bo‘yicha texnik o‘rganish ishlarini olib bormoqda hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Hodisa oqibatida ikki nafar yo‘lovchi yengil tan jarohati olgan. Ularga voqea joyining o‘zida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida «Qipchoq» va «Quruvchilar» metro bekatlari o‘rtasida bepul metrobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
«Toshkent metropoliteni» yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘rab, yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan jazirama sabab yerusti metro poyezdlari tezligi pasaytirilgani haqida yozgandi.