
20-iyul uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 62,10 so‘mga tushib, 12 031,25 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
10-iyul kuni 63,77 so‘mga tushib, 12 075,98 so‘mni, 13-iyul kuni 63,77 so‘mga tushib, 12 075,98 so‘m bo‘ldi. 14-iyul kuni 16,89 so‘mga oshib, 12 092,87 so‘mni, 15-iyul kuni 27,38 so‘mga tushib, 12 065,49 so‘mni tashkil qildi. 16-iyul kuni 23,49 so‘mga oshib, 12 088,98 so‘mga, 17-iyul kuni esa 4,37 so‘mga oshib, 12 093,35 so‘mga teng bo‘ldi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 102,49 so‘mga oshib, 13 764,95 so‘mni, rubl esa 1,98 so‘mga tushib, 153,24 so‘mni tashkil etdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan dollar hafta davomida qanchaga oshgani haqida yozgan edi.