
18 – 19-iyul kunlari aholiga moliyaviy xizmatlardan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida ayrim banklar odatdagi faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Quyidagi tijorat banklarining valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari aholiga xizmat ko‘rsatadi:
- Agro bank
- Apex bank
- Milliy bank
- Tenge bank
- Hamkor bank
- Anor bank
- Garant bank
- Hayot bank
- SQB
- Trast bank
- Ipoteka bank
- Infin bank
- Asia Alliance Bank
- BRB
- Ipak Yo’li bank
- Xalq banki
- Orient Finance bank
- Saderat bank
- Kapital bank
- Mkbank
- Poytaxt bank
- Asaka bank
Shuningdek, fuqarolar valyutani sutkaning istalgan vaqtida bank binosiga bormasdan, tijorat banklarining mobil ilovalari yoki 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali ayirboshlashi mumkin.
Bundan tashqari, dam olish kunlari ham aholiga qulaylik yaratish maqsadida ayrim tijorat banklari tomonidan valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 20-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilingan edi.