Yangiliklar

AQSh Eronga yettinchi tun ketma-ket yana zarba berdi

Operatsiyada jangovar samolyotlar, uchuvchisiz apparatlar, harbiy kemalar va boshqa vositalar qo‘llangan
AQSh Eronga yettinchi tun ketma-ket yana zarba berdi
Foto: Getty Images

AQSh harbiylari Eron hududiga ketma-ket yettinchi tun davomida zarbalar berdi. Harbiy amaliyot prezident Donald Tramp vaqtinchalik sulh kelishuvi yakunlanganini e’lon qilganidan keyin boshlangan hujumlarning davomi bo‘ldi, deb xabar berdi BBC.

AQSh Markaziy qo‘mondonligi — CENTCOM ma’lumotiga ko‘ra, zarbalar Eronning kuzatuv punktlari, harbiy-logistika infratuzilmasi, yerosti qurol omborlari va dengiz imkoniyatlariga qarshi qaratilgan. Operatsiyada jangovar samolyotlar, uchuvchisiz apparatlar, harbiy kemalar va boshqa vositalar qo‘llangan. Hujumlar AQSh sharqiy vaqti bilan soat 21:30 da, bir necha soatlik amaliyotdan keyin yakunlangan.

Eron davlat ommaviy axborot vositalari mamlakat markazidagi Yazd shahri, Qeshm oroli va Hormuz bo‘g‘ozi yaqinidagi Bandar-Abbos portida portlashlar eshitilganini ma’lum qildi.

AQSh, shuningdek, Chobahor portidagi boshqaruv minorasini yo‘q qilganini bildirdi. CENTCOM mazkur obyekt Eron Islom inqilobi soqchilari korpusining dengiz kuzatuvi tizimiga tegishli bo‘lganini ta’kidlagan.

Avvalroq «Kursiv» Donald Tramp Kanadadagi tutun uchun bojlarni oshirmoqchi ekanligi haqida yozgan edi.