
21-iyul kuni ob-havo asosan quruq va biroz bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Qoraqalpog‘iston hamda tog‘li hududlarning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Kunduz kuni havo harorati 30–43°C atrofida bo‘ladi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
| Hudud | Kunduzgi harorat | Kechki harorat | Yog‘ingarchilik |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | +36…+38°C | +25…+27°C | Kutilmaydi |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | +30…+35°C | +20…+25°C | Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir |
| Xorazm viloyati | +30…+35°C | +20…+25°C | Kutilmaydi |
| Buxoro va Navoiy viloyatlari | +33…+38°C | +24…+29°C | Kutilmaydi |
| Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari | +33…+38°C | +22…+27°C | Kutilmaydi |
| Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari | +38…+43°C | +27…+32°C | Kutilmaydi |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | +34…+39°C | +24…+29°C | Kutilmaydi |
| Respublikaning tog‘li hududlari | +28…+33°C | +20…+25°C | Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq |