Yangiliklar

Dollar yana tushdi: 21-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

Dollar 20-iyul kuni esa 62,10 so‘mga tushib, 12 031,25 so‘mga teng bo‘ldi
Dollar yana tushdi: 21-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: Depositphotos

21-iyul uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 71,16 so‘mga tushib, 11 960,09 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

13-iyul kuni 63,77 so‘mga tushib, 12 075,98 so‘m bo‘ldi. 14-iyul kuni 16,89 so‘mga oshib, 12 092,87 so‘mni, 15-iyul kuni 27,38 so‘mga tushib, 12 065,49 so‘mni tashkil qildi. 16-iyul kuni 23,49 so‘mga oshib, 12 088,98 so‘mga, 17-iyul kuni 4,37 so‘mga oshib, 12 093,35 so‘mga, 20-iyul kuni esa 62,10 so‘mga tushib, 12 031,25 so‘mga teng bo‘ldi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 94,57 so‘mga tushib, 13 670,38 so‘mni, rubl esa 0,71 so‘mga tushib, 152,53 so‘mni tashkil etdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan dollar hafta davomida qanchaga oshgani haqida yozgan edi.