Yangiliklar

Davlat oliygohlarida 11 ta yangi ta’lim yo‘nalishi ochildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan
Davlat oliygohlarida 11 ta yangi ta’lim yo‘nalishi ochildi / Foto: STV

2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarida yangi tashkil etilgan 11 ta ta’lim yo‘nalishi va ularga mos test sinovi fanlari majmuasi tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.

Yangi yo‘nalishlar quyidagicha:

  • Xorijiy til va adabiyoti: xitoy tili;
  • Filologiya va tillarni o‘qitish: pushtu tili;
  • Tarjima nazariyasi va amaliyoti: hind tili;
  • Tarjima nazariyasi va amaliyoti: urdu tili;
  • Davlat auditi, Islomiy moliya;
  • Islom iqtisodiyoti va moliyasi;
  • Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik;
  • Raqamli huquq;
  • Sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik;
  • Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish.

Ochilgan yangi ta’lim yo‘nalishlarining fanlari majmuasi:

T/rYo‘nalish kodiTa’lim yo‘nalishi1-fan2-fan
160110900Xorijiy til va adabiyoti: xitoy tiliChet tiliOna tili va adabiyoti
260230100Filologiya va tillarni o‘qitish: pushtu tiliChet tiliOna tili va adabiyoti
360230200Tarjima nazariyasi va amaliyoti: hind tiliChet tiliOna tili va adabiyoti
460230200Tarjima nazariyasi va amaliyoti: urdu tiliChet tiliOna tili va adabiyoti
560411500Davlat auditiMatematikaChet tili
660411600Islomiy moliyaMatematikaChet tili
760411700Islom iqtisodiyoti va moliyasiMatematikaChet tili
860421400Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslikHuquqshunoslik fanlariChet tili
960421500Raqamli huquqHuquqshunoslik fanlariChet tili
1060611300Sun’iy intellekt va kiberxavfsizlikMatematikaFizika
1160731100Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarishMatematikaFizika

Qabul kvotalari

Mazkur ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qaysi davlat oliy ta’lim tashkilotlariga qabul amalga oshirilishi hamda ularga ajratilgan qabul kvotalari alohida e’lon qilingan.

Shuningdek, test sinovlari yakunlangach, abituriyentlar o‘zlari topshirgan fanlar majmuasiga mos keladigan ta’lim yo‘nalishlarini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq oliy malaka toifasiga ega pedagoglar uchun maqsadli magistraturaga qabul boshlangani haqida yozgan edik.