Yangiliklar

Oliy malaka toifasiga ega pedagoglar uchun maqsadli magistraturaga qabul boshlandi

Qabul 30-iyulga qadar davom etadi
30-iyundan diniy ta’lim muassasalariga qabul boshlanadi
Oliy malaka toifasiga ega pedagoglar uchun maqsadli magistraturaga qabul boshlandi / Foto: Belong Blog

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan oliy malaka toifasiga ega pedagoglar uchun pedagogika yo‘nalishidagi maqsadli magistratura qabuli boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.

Maqsadli magistraturada o‘qish istagidagi pedagoglar arizalarini 30-iyulga qadar, shu kuni ham, my.edu.uz portali orqali topshirishlari mumkin.

Kimlar hujjat topshirishi mumkin

Mazkur qabulda ishtirok etish uchun nomzod umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritayotgan bo‘lishi lozim. Shuningdek, unga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining xalqaro akkreditatsiyalangan tizimi orqali 2025-yil 1-yanvardan keyin oliy malaka toifasi berilgan bo‘lishi talab etiladi.

Kimlar qabulda ishtirok eta olmaydi

O‘rta maxsus hamda kasbiy ta’lim tizimida oliy malaka toifasini olgan va keyinchalik umumiy o‘rta ta’lim maktabiga ishga o‘tgan pedagoglar ushbu maqsadli magistratura qabulida ishtirok eta olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat va magistratura bosqichlariga qabul parametrlari ta’lim shakllari hamda o‘qitish tillari kesimida tasdiqlangan edi.