Sport

Rekord: JCh – 2026 o‘yinlariga 6,8 mln tomoshabin tashrif buyurdi

Rekord: JCh-2026 o‘yinlariga 6,8 mln tomoshabin tashrif buyurdi
Foto: Getty Images

AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkazilgan 2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati stadionlarga tashrif buyurgan muxlislar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, turnirning 104 ta uchrashuvini jami 6 mln 810 ming 966 nafar tomoshabin bevosita stadionlardan kuzatgan.

Avvalgi rekord 1994-yilda AQShda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatiga tegishli edi. O‘sha mundial bahslariga jami 3 mln 587 ming 538 nafar muxlis tashrif buyurgan. Shu tariqa JCh – 2026 ko‘rsatkichi avvalgi rekorddan qariyb ikki baravar yuqori bo‘ldi.

Turnir finalida Ispaniya terma jamoasi Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etib, jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. MetLife stadionida o‘tkazilgan hal qiluvchi uchrashuvni 80 ming 663 nafar tomoshabin stadiondan kuzatdi.

Navbatdagi jahon chempionati 2030-yilda Ispaniya, Portugaliya va Marokash mezbonligida o‘tkaziladi. Mundialning 100 yilligi munosabati bilan turnirning dastlabki uchta uchrashuvi Janubiy Amerikaning Urugvay, Argentina va Paragvay davlatlarida tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Rodri JCh – 2026 ning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgani haqida yozgan edi.