
22-iyul uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 26,47 so‘mga oshib, 11 986,56 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
15-iyul kuni 27,38 so‘mga tushib, 12 065,49 so‘mni tashkil etdi. 16-iyul kuni 23,49 so‘mga oshib, 12 088,98 so‘mga, 17-iyul kuni 4,37 so‘mga oshib, 12 093,35 so‘mga, 20-iyul kuni esa 62,10 so‘mga tushib, 12 031,25 so‘mga teng bo‘ldi. AQSh valyutasi 21-iyul kuni 71,16 so‘mga tushib, 11 960,09 so‘mga tenglashdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 21,27 so‘mga oshib, 13 691,65 so‘mni, rubl esa 0,44 so‘mga tushib, 152,09 so‘mni tashkil etdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan dollar hafta davomida qanchaga oshgani haqida yozgan edi.