Sport

Mahmud Murodov OKTAGON kamari uchun jang qiladi

Mahmud Murodov OKTAGON kamari uchun jang qiladi
Foto: Muradov/ Instagram

O‘zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Mahmud Murodovning navbatdagi jangi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi. U 1-avgust kuni Chexiya poytaxti Praga shahrida o‘tkaziladigan OKTAGON 92 turnirida irlandiyalik Uill Flori bilan oktagonga chiqadi.

Jang yarimog‘ir vazn toifasida OKTAGON tashkilotining chempionlik kamari uchun bo‘lib o‘tadi. Shu tariqa Murodov faoliyatida navbatdagi muhim sovrin uchun kurash olib boradi.

Foto: Muradov/ Instagram

Mahmud Murodov professional MMA’dagi faoliyati davomida 37 ta jang o‘tkazib, 29 ta g‘alaba va sakkizta mag‘lubiyat qayd etgan. Uning raqibi, 37 yoshli Uill Flori hisobida esa 17 ta g‘alaba va uchta mag‘lubiyat bor.

Irlandiyalik sportchi avval BAMMA, Bellator MMA va Brave Combat Federation kabi yirik tashkilotlarda jang qilgan.

Avvalroq «Kursiv» Nursulton Ro‘ziboyevning jang sanasi va raqibi aniq bo‘lgani haqida yozgan edi.