Kino va seriallar

Marvel yangi «Qasoskorlar» filmining ilk treylerini e’lon qildi

Superqahramonlar haqidagi kartina 2026-yil 18-dekabr kuni kinoteatrlarda namoyish etiladi
Marvel yangi «Qasoskorlar» filmining ilk treylerini e’lon qildi
Foto: youtube.com/@marvel

Marvel Entertainment «Qasoskorlar: Qiyomat kuni» (Avengers: Doomsday) filmining ilk rasmiy treylerini taqdim etdi. Bu haqda Kommersant nashri xabar berdi.

Avengers: Doomsday | Official Trailer | In Theaters December 18

Superqahramonlar haqidagi kartina 2026-yil 18-dekabr kuni kinoteatrlarda namoyish etiladi.

Mashhur rejissyorlar yana qaytdi

Film Marvel kinematografik olamidagi 39-loyiha va oltinchi fazaning uchinchi kartinasi bo‘ladi. Uni avvalgi «Qasoskorlar» filmlarini suratga olgan aka-uka Entoni va Jo Russo rejissyorlik qilgan.

Bir nechta superqahramon jamoalari birlashadi

Yangi filmda Qasoskorlar, Fantastik to‘rtlik, Momaqaldiroqlar (Thunderbolts), Yangi Qasoskorlar va X-Odamlar ilk bor birgalikda Doktor Dumga qarshi kurash olib boradi.

Robert Dauni kichik yangi obrazda qaytmoqda

Filmning eng katta syurprizlaridan biri – Robert Dauni kichikning Marvel olamiga qaytishi. Biroq bu safar u Temir odam emas, balki bosh yovuz qahramon Doktor Dum rolini ijro etadi.

Premyera bir necha bor kechiktirilgan

Film dastlab 2025-yil may oyida namoyish etilishi rejalashtirilgan edi. Biroq AQSh Ssenariynavislar gildiyasi ish tashlashi sabab premyera bir yarim yildan ko‘proq muddatga ortga surildi. Shuningdek, 2027-yilda ushbu voqealar davom etadigan navbatdagi «Qasoskorlar» filmi ekranlarga chiqishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Muhammad Ali haqida suratga olingan serialning ilk tizeri chiqqani haqida yozgandi.