Yangiliklar

23-iyul uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi

Ba’zi hududlarda yomg‘ir, tog‘larda esa sel xavfi bor
7-yanvar kuni qanday ob-havo kuzatiladi
Foto: Sun’iy intellekt

«O‘zgidromet» 23-iyul kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, respublikaning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, biroq ayrim viloyatlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Harorat 39 darajagacha ko‘tariladi

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati kunduzi 34–39 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida esa kunduzi 30–35 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkentda qisqa muddatli yomg‘ir ehtimoli bor

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi. Asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi, ammo kechasi qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol ayrim joylarda kuchayib, chang-to‘zon kuzatilishi ehtimoli bor.

Tog‘li hududlarda sel xavfi e’lon qilindi

«O‘zgidromet» ogohlantirishicha, 22 – 24-iyul kunlari Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin. Aholidan ehtiyot choralariga amal qilish so‘ralgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan hafta davomida issiq pasayishi haqida yozgandi.