Yangiliklar

Fransiyada 15 yoshgacha bo‘lganlarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlandi

1-sentabrdan boshlab yangi akkauntlar yosh tekshiruvidan o‘tkaziladi
BAA ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish uchun 15 yosh chegarasini joriy etadi
Foto: Getty Images

Fransiya Yevropada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni rasman cheklagan ilk davlatga aylandi. Bu haqda BFMTV telekanali xabar berdi.

Mamlakat parlamenti yangi qonunni 279 ovoz bilan ma’qulladi, 81 deputat esa unga qarshi ovoz berdi.

Ijtimoiy tarmoqlar yoshni tekshiradi

Qonunga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarning yoshini tekshirishi shart bo‘ladi. Biroq hujjatda yoshni tasdiqlashning aniq mexanizmlari hali belgilanmagan.

Maktablarda telefonlardan foydalanish ham cheklanadi

Yangi tartib o‘rta maktab o‘quvchilarining ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishini ham taqiqlaydi.

Qonun bosqichma-bosqich kuchga kiradi

Hukumat rejasiga ko‘ra, 2026-yil 1-sentabrdan boshlab yangi akkauntlar yosh tekshiruvidan o‘tkaziladi. Mavjud akkauntlarga esa yangi talablar 2027-yil 1-yanvardan tatbiq etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ozarbayjonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoq ochish taqiqlangani haqida yozgandi.