
Qozog‘istonning Olmaota shahrida 14-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan Kanye West (YE) konserti uchun chiptalar endi dunyoning istalgan mamlakatidagi muxlislar uchun ham sotuvga chiqarildi.
San’atkorning konserti uchun chiptalar Ticketon.kz saytidagi Freedom Afisha platformasi orqali sotila boshlandi.
Chiptalarning yarmi bir kunda sotildi
Tashkilotchilar ma’lum qilishicha, dastlabki eksklyuziv sotuvning ilk kunidayoq chiptalarning qariyb 50 foizi sotib olingan. Yuqori talab tufayli asosiy savdolar rejalashtirilgan muddatdan bir kun oldin — 22-iyul kuni boshlandi.
Har bir xaridorga 4 tagacha chipta
Chiptalarni ommaviy tarzda qayta sotib yuborishning oldini olish maqsadida bir xaridorga 4 tagacha chipta xarid qilish cheklovi joriy etilgan. Tashkilotchilar bu orqali imkon qadar ko‘proq haqiqiy muxlislarning konsertga tashrif buyurishini ta’minlashni maqsad qilgan.
QR-kodli chipta tadbirdan bir kun oldin yuboriladi
To‘lovni amalga oshirgan xaridorlarga elektron vaucher yuboriladi. Konsertga kirish uchun zarur bo‘lgan QR-kodli chipta esa 13-avgust kuni, tadbirdan 24 soat oldin elektron pochta orqali yetkaziladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan JCh finali uchun eng arzon chipta narxi $7,7 mingdan oshgani haqida yozgandi.