
2026-yilning yanvar–may oylarida O‘zbekiston 8 ta davlatga 22 443 dona konditsioner eksport qildi. Eksportning umumiy qiymati $4,6 millionni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari e’lon qilindi.
Eksport hajmi oshdi
Qayd etilishicha, konditsioner eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,1 ming donaga yoki 5,1 foizga ko‘paygan.
Eng yirik xaridorlar ma’lum bo‘ldi
Hisobot davrida O‘zbekistondan eng ko‘p konditsioner Ozarbayjon (7 367 dona), Tojikiston (4 775 dona) va Turkiya (4 640 dona)ga eksport qilingan. Shuningdek, Qirg‘izistonga 2 448 dona, Qozog‘istonga 1 324 dona, boshqa davlatlarga esa 1 889 dona konditsioner yetkazib berilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan anomal issiqda elektr iste’moli keskin oshgani sabab qisqa muddatli cheklovlar joriy etilgani haqida yozgandi.