
Adliya vazirligi qo‘shilgan qiymat solig‘ining (QQS) 0 foizlik stavkasi qo‘llaniladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
516 turdagi mahsulotga tatbiq etiladi
Prezidentning 2025-yil 4-sentabrdagi farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan 516 turdagi mahsulotni (paxta va g‘alladan tashqari) realizatsiya qilishda QQSning 0 foizlik stavkasi qo‘llaniladi.
QQS 3 kun ichida qaytariladi
Shuningdek, mazkur ro‘yxatdagi mahsulotlarni yetishtirish uchun xarid qilingan tovar va xizmatlar bo‘yicha to‘langan QQS summasi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga 3 kun ichida avtomatlashtirilgan tartibda qaytarib beriladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan paxta-to‘qimachilik klasterlariga gektariga 3 mln so‘m subsidiya ajratilishi haqida yozgandi.