Yangiliklar

Samarqandda YPX xizmat avtomobili urib yuborgan piyoda vafot etdi

YPX
21-iyul kuni
Samarqandda YPX xizmat avtomobili urib yuborgan piyoda vafot etdi
Foto: Kun.uz

Samarqand shahrida yo‘l-patrul xizmati xodimi boshqaruvidagi xizmat avtomobili piyodani urib yuborishi oqibatida bir kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Piyoda voqea joyida vafot etgan

Foto: Kun.uz

Ma’lumotlarga ko‘ra, 21-iyul kuni soat 18:15 atrofida «Shabbod» ko‘chasida YPX xodimi xizmatga biriktirilgan Tracker rusumli patrul avtomobilini boshqarib ketayotib, belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan 1951-yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan. Oqibatda fuqaro olgan og‘ir tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.

Tergov davom etmoqda

Foto: Kun.uz

Mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Navoiyda YPX inspektoriga pora bermoqchi bo‘lgan haydovchi ushlangani haqida yozgandi.