Yangiliklar

24-iyulda ayrim hududlarda havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel xavfi saqlanib qolmoqda
5-iyun kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi
Foto: Hafiza Muxtorova / SI

«O‘zgidromet» ma’lumotiga ko‘ra, 24-iyul kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Hududlar bo‘yicha harorat

Toshkent shahrida havo harorati kechasi 20–22 daraja, kunduzi 34–36 daraja bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida kunduzi 34–39 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryoda esa 35–40 daraja issiq kuzatiladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo 32–37 daraja, Andijon, Namangan va Farg‘onada esa 32–37 daraja atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Chang-to‘zon va kuchli shamol kuzatiladi

Buxoro va Navoiy viloyatlarining ayrim hududlarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda esa chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Sel-suv toshqinlari xavfi saqlanmoqda

«O‘zgidromet» ogohlantirishicha, 23–24-iyul kunlari Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘oldi hamda tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘irlar sabab sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin. Shu bois ushbu hududlarda yashovchi aholi va dam oluvchilarga ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chilida kuchli yomg‘ir oqibatida 10 kishi halok bo‘lgani haqida yozgandi.