
Venesuela sobiq prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores ustidan AQSHda sud jarayoni 2027-yil 1-iyunda boshlanadi. Bu haqda AQSH federal sudyasi Alvin Hellerstayn dastlabki sud majlisida qaror qabul qildi.
Maduro va Flores 2026-yil 3-yanvar kuni Venesuelada o‘tkazilgan harbiy amaliyot chog‘ida qo‘lga olinib, mamlakatdan olib chiqilgan. ABC News ma’lumotiga ko‘ra, shundan so‘ng ularga AQSHda ayblovlar qo‘yilgan.
Sud qaroriga muvofiq, er-xotin 2027-yil 1-iyun kuni AQSH sudida javob bera boshlaydi. Maduroning advokati Barri Pollak o‘z mijozini suveren davlat rahbari sifatida sud immunitetiga ega deb hisoblashini bildirdi. Himoya tomoni shu asosda ayblov xulosasiga qarshi chiqmoqchi.
Hodisa 3-yanvar kuni Venesuela poytaxti Karakasda portlashlar va aviatsiya shovqini eshitilganidan keyin yuz bergan. Venesuela hukumati AQSHni mamlakatning turli hududlaridagi harbiy va fuqarolik obyektlariga hujum qilishda ayblagan.
AQSH prezidenti Donald Tramp esa Nikolas Maduroga qarshi keng ko‘lamli operatsiya o‘tkazilgani, uning o‘zi va rafiqasi Venesueladan olib chiqilganini ma’lum qilgan. O‘sha paytdagi AQSH adliya vaziri Pem Bondi keyinchalik Maduro va Floresga nisbatan ayblovlar ilgari surilganini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Nikolas Maduro «Barselona»ning Chempionlar ligasidagi ishtiroki haqida fikr bildirgan edi.