Yangiliklar

Qashqadaryoda kelinini o‘z joniga qasd qilish darajasiga yetkazgan qaynona 5 yilga qamaldi

2022–2025-yillar davomida
Yagona portal orqali sud majlislari haqida oldindan xabardor qilish tizimi joriy etildi
Foto: Sud.uz

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida keliniga muntazam jismoniy va ruhiy bosim o‘tkazib, uni o‘z joniga qasd qilish darajasiga yetkazgan qaynona 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda sud hukmiga tayanib, «Millar» dasturi xabar berdi.

Doimiy haqorat va kaltaklashlar qayd etilgan

Sud hujjatlariga ko‘ra, 47 yoshli ayol 2022–2025-yillar davomida kelinini muntazam haqorat qilgan, kaltaklagan, uydan haydab yuborgan va ruhiy tazyiq o‘tkazgan. Shuningdek, u kelinining ota-onasi bilan uchrashishini cheklagan hamda telefondan foydalanishiga to‘sqinlik qilgan.

Fojea molxonada yuz bergan

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 2-oktabr kuni kelin uzoq davom etgan zo‘ravonlik va ruhiy bosimga chiday olmay, yashash uyi hovlisidagi molxonada o‘z joniga qasd qilgan.

Sud hukmi e’lon qilindi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumani sudi ayolni Jinoyat kodeksining 103-moddasi 2-qismi «a» bandi — qaram shaxsni o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazishda aybdor deb topdi. Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo‘llanilib, unga 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Rayxon oilaviy milliy taomlari» asoschisi 8 yilga ozodlikdan mahrum qilingani haqida yozgandi.