Gadjetlar

Samsung Galaxy Watch 9 va Watch Ultra 2 aqlli soatlarini taqdim etdi

Sotuvlar 21-avgustdan boshlanadi
Samsung Galaxy Watch 9 va Watch Ultra 2 aqlli soatlarini taqdim etdi
Foto: Samsung

Samsung Galaxy Unpacked taqdimotida yangi Galaxy Watch 9 va Galaxy Watch Ultra 2 aqlli soatlarini namoyish etdi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Har ikkala model Snapdragon Wear Elite protsessori va 2 GB tezkor xotira bilan jihozlangan.

Yangi sport va salomatlik funksiyalari qo‘shildi

Galaxy Watch 9 40 mm va 44 mm o‘lchamdagi ikkita talqinda taqdim etildi. Watch Ultra 2 esa 5000 nitgacha yorqin displey, 800 mA/soat sig‘imli batareya hamda suv ostida sho‘ng‘ish va tog‘li hududlarda yugurish uchun mo‘ljallangan yangi funksiyalarga ega bo‘ldi.

Shuningdek, ikkala model ham foydalanuvchi salomatligini kuzatuvchi yangi Vitals funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Narxi $380 dan boshlanadi

Galaxy Watch 9’ning boshlang‘ich narxi $380, Galaxy Watch Ultra 2 esa $699 etib belgilandi. Qurilmalar sotuvi 2026-yil 21-avgustdan boshlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung kompaniyasi yangi qurilmalarini taqdim etgani haqida yozgandi.