
Tojikistonda 2026-yilning dastlabki olti oyida sudlar voyaga yetmaganlarning nikoh yoshini pasaytirish bo‘yicha 503 ta arizani ko‘rib chiqdi. Shundan 423 tasi qanoatlantirilib, 49 tasi rad etildi. Bu haqda mamlakat Oliy sudi raisi o‘rinbosari Abduqahhor Tag‘ozoda ma’lum qildi.
Arizalar soni kamaygan
Oliy sud ma’lumotiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan sezilarli kamaygan. 2025-yilning birinchi yarmida nikoh yoshini pasaytirish bo‘yicha 1 376 ta ish ko‘rib chiqilgan edi.
Asosiy sabablar — moddiy ahvol va yetimlik
Sud vakiliga ko‘ra, murojaatlarning aksariyati og‘ir moddiy ahvol, yetimlik va oila qurish zarurati bilan bog‘liq. Sud faqat nikoh yoshini pasaytirish yoshlarning ijtimoiy ahvolini yaxshilashi mumkin deb hisoblansa, bunday ruxsatni beradi.
Erta nikohlar oilalar ajralishiga sabab bo‘lmoqda
Abduqahhor Tag‘ozoda erta nikohlar hali ham oilalar ajralishining asosiy omillaridan biri ekanini ta’kidladi. Shu sababli sudlarga voyaga yetmaganlarga nikoh uchun ruxsatni faqat istisno holatlarda berish tavsiya etilgan.
Nikoh yoshi 18 yosh, istisno tariqasida 17 yosh
Tojikiston qonunchiligiga ko‘ra, nikoh yoshi 18 yosh etib belgilangan. Biroq sud qarori bilan alohida holatlarda uni 17 yoshgacha tushirish mumkin. Sud ruxsatisiz voyaga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzish esa jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 500 mln obunachiga ega MrBeast uylangani haqida yozgandi.