
Yevropa komissiyasi Google kompaniyasini 890 million yevro (qariyb 1 milliard dollar) miqdorida jarimaga tortdi. Regulyatorga ko‘ra, kompaniya o‘z xizmatlariga ustunlik berib, raqobatchilar faoliyatini cheklagan.
Qidiruv va Play Store bo‘yicha qoidabuzarliklar aniqlandi
Jarimaning 460 million yevrosi qidiruv tizimida Google xizmatlariga asossiz ustunlik bergani, yana 430 million yevrosi esa Play Store orqali ilova ishlab chiquvchilarning foydalanuvchilarni boshqa platformalarga yo‘naltirishiga to‘sqinlik qilgani uchun qo‘llanildi.
Google’ga 60 kun muhlat berildi
Yevrokomissiya kompaniyadan 60 kun ichida faoliyatini Yevropa Ittifoqining Raqamli bozorlar to‘g‘risidagi qonuni (DMA) talablariga moslashtirishni talab qildi. Aks holda Google’ga nisbatan qo‘shimcha muntazam jarimalar qo‘llanilishi mumkin.
Kompaniya qarorni tanqid qildi
Google’ning global masalalar bo‘yicha prezidenti Kent Uoker yangi talablar Yevropadagi foydalanuvchilar uchun qidiruv va Play Store’dagi ayrim qulay funksiyalarni cheklashga majbur qilayotganini bildirdi.
Alphabet aksiyalari pasaydi
Jarima e’lon qilinganidan so‘ng Google’ning bosh kompaniyasi Alphabet aksiyalari premarket savdolarida qariyb 5 foizga pasaydi. Bu Google’ga Yevropa Ittifoqi tomonidan so‘nggi yillarda qo‘llanilgan eng yirik sanksiyalardan biri bo‘ldi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Google Maps parvozlar va bronlarni avtomatik ko‘rsatishi mumkinligi haqida yozgandi.