
25-iyul kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, havo harorati esa ayrim viloyatlarda +40 darajagacha ko‘tariladi. Bu haqda «O‘zgidromet» ma’lum qildi.
Hududlarda qanday ob-havo kuzatiladi
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 21–23 daraja, kunduzi 35–37 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo quruq bo‘lib, kunduzgi harorat 34–39 darajani tashkil etadi. Buxoro va Navoiyda ayrim joylarda shamol kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kunduzi 34–39 darajagacha ko‘tariladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida eng issiq ob-havo kuzatilib, harorat 35–40 darajagacha yetadi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida esa havo biroz bulutli bo‘lib, kunduzgi harorat 32–37 darajani tashkil etadi.
Tog‘li hududlarda sel xavfi bor
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol momaqaldiroq vaqtida soniyasiga 13–18 metrgacha kuchayadi.
Avvalroq «Kursiv» nashri dam olish kunlari o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutayotgani haqida yozgandi.