Gadjetlar

Oppo K15 modeli 320 dollardan sotuvga chiqarildi

Smartfon 8000 mA·soat batareya va IP69 himoyasi bilan taqdim etildi
Oppo K15 modeli 320 dollardan sotuvga chiqarildi
Foto: ITHome

Oppo kompaniyasi yangi Oppo K15 smartfonini rasman taqdim etdi va sotuvni boshladi. Bu haqda ITHome nashri xabar berdi.

Qurilma Speed White hamda Gale Gray ranglarida, hozircha 12 GB tezkor va 256 GB doimiy xotira konfiguratsiyasida taklif etilmoqda. Smartfonning boshlang‘ich narxi $320 ni tashkil etadi. Xitoydagi davlat subsidiyalari qo‘llanilganda esa uning narxi $272 gacha tushadi.

Kuchli batareya va faol sovitish tizimi

Oppo K15 Dimensity 7360 Super protsessori asosida ishlaydi. Qurilmada yuqori yuklama vaqtida barqaror ishlashni ta’minlaydigan faol sovitish tizimi va yuqori tezlikdagi ventilyator o‘rnatilgan.

Foto: ITHome

Smartfonning asosiy afzalliklaridan biri 8000 mA·soat sig‘imli Glacier batareyasi bo‘lib, u 80 Vt SuperVOOC tezkor quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

50 megapikselli kameralar va IP69 himoyasi

Qurilma 50 megapikselli asosiy kamera, 50 megapikselli old kamera hamda ultra keng burchakli obyektivdan iborat uch kamerali tizim bilan jihozlangan. Bundan tashqari, smartfonda IP69 darajasidagi suv va changdan himoya, NFC, infraqizil port, ikki diapazonli GPS va Beidou navigatsiya tizimi mavjud.

Foto: ITHome

Qutidan nimalar chiqadi

Oppo K15 korpusining qalinligi 8,27 mm, vazni esa 205 grammni tashkil etadi. Smartfon qutisiga 80 Vt quvvatlagich, USB kabel va himoya g‘ilofi ham kiritilgan. Orqa paneldagi RGB yoritgich esa turli dinamik yorug‘lik effektlarini namoyish eta oladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nokia’ga o‘xshash HMD Touch AI telefoni sotuvga chiqqani haqida yozgandi.