Kino va seriallar

Nega «Qizaloq va Maymoq»dagi Maymoq biror marta ham gapirmagan

Ma’lum bo‘lishicha, bu ijodkorlarning ataylab tanlagan yechimi bo‘lgan
Nega «Qizaloq va Maymoq»dagi Maymoq biror marta ham gapirmagan
Foto: depositphotos.com

Dunyodagi eng mashhur animatsion seriallardan biri – «Qizaloq va Maymoq» tomoshabinlari yillar davomida bir savolni berib keladi: nega bosh qahramonlardan biri bo‘lgan Maymoq biror marta ham gapirmaydi? Ma’lum bo‘lishicha, bu ijodkorlarning ataylab tanlagan yechimi bo‘lgan.

Multfilmni butun dunyo tushunishi uchun

Multfilm mualliflari serialni turli mamlakatlardagi bolalar til va madaniy farqlardan qat’iy nazar, bemalol tushunishi uchun Maymoq obrazini deyarli so‘zsiz yaratgan.

Shu sababli qahramonning quvonchi, hayrati, charchog‘i yoki hafsalasi pir bo‘lgani mimika va harakatlari orqali ifodalanadi. Natijada multfilm ko‘plab tillarga moslashtirilishi osonlashgan va xalqaro auditoriya orasida mashhurlikka erishgan.

Maymoqning sukuti uning xarakterini ochib beradi

Maymoqning gapirmasligi uning vazmin, sabrli va g‘amxo‘r xarakterini ham namoyon etadi. U Qizaloqqa nasihat qilish o‘rniga amalda yordam beradi – uni qutqaradi, ortidan tozalaydi, muammolarini hal qiladi va doimo yonida bo‘ladi.

Ijodkorlar fikricha, aynan shu xususiyat Maymoqni nafaqat bolalar, balki ota-onalar uchun ham yaqin va tushunarli qahramonga aylantirgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Odisseya» ikki haftada 639 mln dollar soqqa qilgani haqida yozgandi.