Yangiliklar

Sherzod Xodjayev energetika vaziri lavozimiga tayinlandi

U Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori lavozimidan ozod etilgan
Oliy Majlis yangi energetika vazirini ma’qulladi
Foto: Oliy Majlis

Prezidentning tegishli farmoni bilan Sherzod Xodjayev energetika vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xodjayev Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori lavozimidan, Jo‘rabek Mirzamahmudov esa energetika vaziri lavozimidan ozod etilgan.

Sherzod Xodjayev nomzodi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ko‘rib chiqilgan edi. Muhokama yakunida deputatlar uning energetika vaziri lavozimiga nomzodini qo‘llab-quvvatlagan.

Axadxon Isoqjonov energetika nazorati inspeksiyasiga rahbar bo‘ldi

Shuningdek, sohada yana tayinlovlar amalga oshirildi. Jumladan Axadxon Isoqjonov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Mazkur inspeksiyaga shu vaqtgacha rahbarlik qilgan Dadajon Isaqulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Avvalroq «Kursiv» «yashil» energiya ishlab chiqarish 23 foizga oshgani haqida yozgan edi.