
29-iyul kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida quruq va issiq ob-havo saqlanib qoladi. Ayrim hududlarda havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi, Buxoro va Navoiy viloyatlarida esa chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.
Poytaxtda 39 darajagacha issiq bo‘ladi
Toshkent shahrida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi havo harorati 23–25 daraja, kunduzi esa 37–39 daraja bo‘ladi.
Eng issiq hududlar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida kunduzgi harorat 37–42 daraja atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida shamol ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayib, ayrim hududlarda chang-to‘zon yuzaga kelishi mumkin.
Boshqa hududlarda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kunduzgi harorat 34–39 daraja, kechasi esa 20–25 daraja atrofida bo‘ladi.
Tog‘larda salqinroq bo‘ladi
Tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi 15–20 daraja, kunduzi esa 25–30 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgandi.