Yangiliklar

Dollar oshdi: 29-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

28-iyul kuni esa 30,16 so‘mga tushib, 11 988,92 so‘m bo‘lgan edi
Dollar oshdi: 29-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: Pexels

29-iyul uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 61,42 so‘mga oshib, 12 050,34 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

AQSh valyutasi 21-iyul kuni 71,16 so‘mga tushib, 11 960,09 so‘mga, 22-iyul kuni 26,47 so‘mga oshib, 11 986,56 so‘mga, 23-iyul kuni 62,28 so‘mga oshib, 12 048,24 so‘mga tenglashdi. 24-iyul kuni 53 so‘mga oshib, 12 101,84 so‘m, 27-iyul kuni 82,76 so‘mga tushib, 12 019,08 so‘m, 28-iyul kuni esa 30,16 so‘mga tushib, 11 988,92 so‘m bo‘ldi.

Yevro kursida ham tushish kuzatildi. Yevropa valyutasi 21,8 so‘mga oshib, 13 685,57 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli pasaydi. Rubl kursi 0.2 so‘mga tushib, 153.29 so‘mni tashkil qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan dollar hafta davomida qanchaga oshgani haqida yozgan edi.