
O‘zbekistonda davlat organi yoki uning mansabdor shaxsining noqonuniy qarori, harakati yoxud harakatsizligi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash tartibi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Prezident imzolagan qonunga muvofiq, zararni qoplash uchun undiriladigan mablag‘ miqdori sud qarori asosida aniqlanadi. Jismoniy yoki yuridik shaxsga yetkazilgan hamda sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan tasdiqlangan moddiy yoki ma’naviy zarar hududiy kompensatsiya jamg‘armasidan pul shaklida qoplab beriladi.
Yangi tartib qanday ishlaydi
Kompensatsiya sudning zararni qoplash haqidagi qaroriga muvofiq berilgan ijro varaqasi asosida to‘lanadi. Agar zarar yetkazgan aniq shaxs sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan aybdor deb topilsa, moddiy yoki ma’naviy zararni aynan shu shaxs qoplashi lozim bo‘ladi.
Sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxs o‘zi yetkazgan zararni undiruvchiga belgilangan tartibda ixtiyoriy ravishda qoplash huquqiga ham ega.
Agar zarar dastlab sud qarori asosida hududiy kompensatsiya jamg‘armasi hisobidan qoplangan bo‘lsa va keyinchalik aybdor shaxsga nisbatan regress talabi qo‘yish huquqi yuzaga kelsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari aybdor shaxs ishlayotgankent shahri hokimliklari aybdor shaxs yoki ilgari faoliyat yuritgan davlat organiga talabnoma kiritadi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan olti oy o‘tgach kuchga kiradi.
Avvalroq «Kursiv» ro‘yxatdan o‘tmagan xorijliklarni joylashtirganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi mumkinligi haqida yozgan edi.