Yangiliklar

Sirdaryodagi do‘konlarda yong‘in sodir bo‘ldi

80 kvadrat metr maydon
Sirdaryodagi do‘konlarda yong‘in sodir bo‘ldi
Foto: Videodan olindi

Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida joylashgan do‘konlardan birida yuz bergan yong‘in oqibatida uchta savdo shoxobchasining qariyb 80 kvadrat metr maydoni zarar ko‘rdi. Hodisada jabrlanganlar yo‘q. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Yong‘in bir soatdan kam vaqtda o‘chirildi

Hodisa 29-iyul kuni soat 12:22 da Sirdaryo tumani «Yoshlik» mahallasi, O‘zbekiston shox ko‘chasida joylashgan do‘konda sodir bo‘lgan.

Foto: Videodan olindi

Xabar kelib tushgach, voqea joyiga uchta yong‘in-qutqaruv ekipaji yuborilgan. Yong‘in soat 13:00 da to‘liq bartaraf etilgan.

80 kvadrat metr maydon zararlangan

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida uchta do‘konning taxminan 80 kvadrat metr maydoni yonib zarar ko‘rgan.

Foto: Videodan olindi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘qligini ma’lum qildi.

Sabab va zarar miqdori aniqlanmoqda

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Fransiyadagi o‘rmon yong‘inlari sabab 63 ming kishi ko‘chirilgani haqida yozgandi.