Yangiliklar

Agrobank ishtirokida 40,14 mlrd so‘mlik ipoteka obligatsiyalari bo‘yicha bitim tuzildi

Fond birjasida ikkinchi ipoteka obligatsiyalari bitimi amalga oshirildi
Фото: Bahadir / Yandex maps

«Toshkent» Respublika fond birjasida ipoteka obligatsiyalari bo‘yicha ikkinchi birja bitimi amalga oshirildi. Bitim doirasida 40,14 mlrd so‘mlik ipoteka obligatsiyalari AT «Agrobank» ishtirokida yopiq obuna orqali joylashtirildi.

Mazkur obligatsiyalar rezident farmoni ijrosi doirasida «O‘zbekiston Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi» AJ huzuridagi «UMRC SPV» MChJ tomonidan chiqarilgan.

Qayd etilishicha, ushbu bitim ipoteka obligatsiyalarini bosqichma-bosqich joylashtirish mexanizmi amalda izchil davom etayotganini tasdiqlaydi.

Mutasaddilarga ko‘ra, ipoteka obligatsiyalarini bosqichma-bosqich joylashtirish kapital bozorida ipoteka bilan ta’minlangan qimmatli qog‘ozlar segmentini rivojlantirish, uzoq muddatli moliyalashtirish manbalarini kengaytirish hamda ipoteka bozoriga zamonaviy moliyaviy mexanizmlarni joriy etishga xizmat qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Toshkent» RFB rahbari: ipoteka obligatsiyalari uy-joy va kapital bozorlarini qanday o‘zgartirishi haqida yozgandi.