
1–2-avgust kunlari O‘zbekistonning katta qismida issiq ob-havo davom etadi. «O‘zgidromet»ga ko‘ra, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ayrim hududlarda shamol kuchayib, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.
Harorat yuqori bo‘ladi
Ushbu kunlarda havo asosan kam bulutli bo‘ladi. Respublika hududining katta qismida issiq ob-havo saqlanib turadi.
Faqat shimoli-g‘arbiy hududlarda issiq pasayishi boshlanishi kutilmoqda.
Yog‘ingarchilik kutilmaydi
1–2-avgust kunlari respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
Ayrim joylarda shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Ba’zi hududlarda shamol chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
Toshkentda ham havo issiq bo‘ladi
Toshkentda 1–2-avgust kunlari havo kam bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘maydi.
Kunduzi harorat 37–40 daraja, kechasi esa 23–26 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniyada issiq bilan bog‘liq o‘limlar 9,8 mingga yetgani haqida xabar berilgandi. Bu 2016-yildan buyon qayd etilgan har qanday to‘liq yillik ko‘rsatkichdan yuqori.
O‘lim holatlarining asosiy qismi iyunning ikkinchi yarmida kuzatilgan. O‘sha davrda Germaniyaning ko‘plab hududlarida havo harorati 40 darajaga yaqinlashgan yoki undan oshgan.