Yangiliklar

Markaziy Osiyo va Ozarbayjon yetakchilari Issiqko‘lda yangi besh yulduzli mehmonxonani ochdi

«Boku» mehmonxonasi foydalanishga topshirildi
Markaziy Osiyo va Ozarbayjon yetakchilari Issiqko‘lda yangi besh yulduzli mehmonxonani ochdi
Foto: prezident.uz

Qirg‘izistonning Issiqko‘l bo‘yida o‘tayotgan Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon rahbarlarining norasmiy Maslahat uchrashuvi doirasida davlat rahbarlari yangi besh yulduzli «Boku» mehmonxonasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Zamonaviy dam olish va xalqaro tadbirlar majmuasi

Foto: prezident.uz

Marosim davomida yetakchilar mehmonxona majmuasida dam oluvchilar hamda xalqaro forum va uchrashuvlarni o‘tkazish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

17,2 gektar maydonda barpo etilgan

Yangi mehmonxona 17,2 gektar hududda qurilgan bo‘lib, umumiy maydoni qariyb 30 ming kvadrat metrni tashkil etadi.

Majmua 120 dan ortiq xonalarga ega yetti qavatli bino, shuningdek basseyn, akvapark, sport va ko‘ngilochar infratuzilmani o‘z ichiga oladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mirziyoyev Afg‘onistonni yagona taraqqiyot makoniga bog‘lash zarurligini aytgani haqida yozgandi.